
Mayamida Elena Ostapenkodan omad yuz o‘girdi
Latviyalik tennischi Elena Ostapenko Florida shtatida o‘tayotgan "Miami Open" turniridagi ilk uchrashuvida mag‘lubiyatga uchradi.
"Premera" turkumiga kiruvchi mazkur musobaqaning ikkinchi davrasida Elenea chexiyalik Marketa Vondroushovaga 5:7, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Endi Vondroushova musobaqaning uchinchi davrasida belgiyalik Elize Mertensga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar