
May oyida bizni ikkita super muhim bahs kutmoqda!
May oyi qaynoq kunlar bilan birgalikda qaynoq janglarni ham bizga taqdim etmoqda. Bunga misol qilib "UFC 315" va "Humo arena" majmuasida o‘tkazilgan "Octagon 72" turnirlarini keltirish mumkin. E’tiboringizga, yana mazkur oyda bo‘lib o‘tadigan MMA va boksdagi eng katta bahslarni havola etamiz.
13 may kuni Avstraliya professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi. Uning asosiy to‘qnashuvida Jey Opetaya Klaudio Skueoga qarshi ringga chiqadi.
17 may kuni o‘tkaziladigan "UFC Fight Night" turniri biz uchun juda muhim. Chunki unda hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboev ham ishtirok etib, amerikalik Dastin Shtoltsfus bilan jang qiladi.
18 may sanasidagi "UFC Fight Night" turnirida Gilbert Byorns hamda Maykl Morales o‘zaro to‘qnash keladi. Bu bahs ham juda qiziqarli o‘tishi kutilmoqda.
23 mayda go‘zal Parij "PFL Europe 2" turniriga mezbonlik qilishi belgilangandi. Unda "Manchester Yunayted" afsonasi va Frantsiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Patris Evra MMA dagi debyutini o‘tkazishi lozim edi. Biroq mazkur musobaqa noma’lum muddatga qoldirildi.
Oyning oxirgi kunlari esa yonishi aniq. Chunki 30 may sanasida bo‘lib o‘tadigan katta boks oqshomida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev meksikalik Luis Kastiloga qarshi ringga ko‘tariladi. Aynan mana shu bahsdan so‘ng Ahmadaliev yaponiyalik Naoya Inoue bilan to‘qnashuvga tayyorlanadi.
Yuqoridagi ro‘yxat yanada kengayishi mumkin. Shu bois bizni kuzatishda davom eting!
Fikrlar