Maxaradze "Lokomotiv"ga qaytdi

  • 28 dekabr, 2019, 16:35
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston milliy chempionatida 2009 yildan beri to‘p tepib kelayotgan gruziyalik mohir futbolchi Kaxi Maxaradze “Lokomotiv”ga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumki, Maxaradze 2009-yil O‘zbekiston chempionatidagi ilk mavsumini aynan “Loko”da boshlagandi. Kaxi o‘sha yil “termiryo‘lchilar” safida 15ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. U 2010 yilni ham “Lokomotiv”da o‘tkazib shundan so‘ng “Paxtakor”ga yo‘l oldi.

Oradan besh yil o‘tib “Loko”ga qaytgan Maxaradez 2016, 2017, 2018 yillari jamoaning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘ldi. Tayanch yarim himoyasida to‘p tepgan futbolchi uch yilda 100 dan ziyod uchrashuvda ishtirok etib, “Lokomotiv”ning ketma-ket uch mavsum chempion bo‘lishida munosib hissa qo‘shdi.

Bu yil “So‘g‘diyona”da faoliyat olib borgan Maxaradze Superliganing barcha 26 turida harakat qilgan jizzaxliklarning yagona futbolchisi bo‘ldi. Chempionat yakuniga etgach u erkin agent sifatida yana “Lokomotiv” qaytdi va “temiryo‘lchilar” bilan shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Davron Jenjayev
28/12/2019 16:41
masxarabozlar ligasi bu