Mauritsio Sarri: Biz ko‘proq gol urishimiz ham mumkin edi

  • 3 may, 2019, 11:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri kecha "Ayntraxt"ga (1:1) qarshi bo‘lib o‘tgan Evropa ligasi yarim final dastlabki bahsidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“1:1 hisobi u qadar yomon natija emas. Dastlabki yarim soat ichida biz 0:0 hisobini ushlab turishga harakat qildik. Biz qarshi hujumlardan ehtiyot bo‘lishimiz kerak edi. Chunki, raqib bundan unumli foydalanishi mumkinligini bilardik.

Biz ushbu bahsda bir nechta imkoniyatlarga ega bo‘ldik va ko‘proq gol urishimiz ham mumkin edi. Endi javob o‘yinida ehtiyotkor bo‘lishimiz zarur. Maydon markazida to‘pni ko‘proq ushlab turishimiz kerak, chunki raqib juda xavfli”, - deydi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz. “Chelsi” – “Ayntraxt” o‘rtasidagi javob bahsi 9 may kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!