
Mata yana ikki yil Manchesterda qoladi
Ispaniyalik futbolchi amaldagi shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirdi. Kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi ham mumkin.
"Bunday g‘aroyib muxlislarga ega bo‘lgan ajoyib jamoa safida to‘p tepish men uchun sharaf. Men besh yildan buyon bu erda to‘p surib kelaman va fahr bilan "Old Trafford" mening uyim deb ayta olaman", - dedi Mata shartnoma imzolangach.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli futbolchi 2014 yildan buyon "qizil iblislar" sharafini himoya qilib keladi. U hozirga qadar manchesterliklar safida jami 218 bahsda maydonga tushgan va 45 ta gol kiritib, 37 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar