Mashhur to‘purar “Barsa”da nega o‘ynolmaganini aytdi

  • 24 aprel, 2023, 19:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko”ning eng zo‘r to‘purari bo‘lgan frantsiyalik jahon chempioni Antuan Grizmann 2019 yili “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Tecno

Bu futbolchining tajribasi katta bo‘lishiga qaramay, Kataloniya klubida o‘ynab keta olmadi. Ikki yildan keyin qadrdon jamoasi “Ateliko”ga qaytib ketishga majbur bo‘ldi.

Grizmann “Barselona”da nega o‘zini ko‘rsata olmaganini quyidagicha izohladi.

- Debyut mavsumi juda og‘ir kechdi. Men zaxira o‘yinchisi edim. O‘yinga qo‘yilmasdim. O‘yin tizimi umuman boshqacha edi. O‘zimga begona pozitsiyada o‘ynashimga to‘g‘ri keldi. Hamma narsaga qaytadan ko‘nikishga majbur edi. Keyin mavsum ancha yaxshi o‘tgandi, - dedi Antuan Grizmann.

Joriy mavsumda Antuan Grizmann gol+pas tizimi bo‘yicha 18 ochko to‘pladi. Frantsiyalik forvard 11 ta gol va ettita pas berdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha 17 ta gol va 6 ta assist qayd etgan  “Barselna” hujumchisi Robert Levandovskidan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!