Mashhur murabbiy O‘runov transferi haqida gapirdi

  • 10 dekabr, 2020, 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya terma jamoasi va “Zenit”ning sobiq bosh murabbiyi Anatoliy Bishovets “Spartak”dagi o‘zgarishlarga o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

- Gazizovning ketishi bu ishchi holat.  Aslida bosh direktor yoki spor direktori jamoaning maydondagi natijalarga ta’sir o‘tkazmaydi. Chunki ularning asosiy vazifasi bosh murabbiyning bemalol ishlashi uchun sharoit yaratib berish. Baribir jamoani shakllantirilishi mas’uliyati uning bo‘ynida. Shunga qaramay, jamoa bosh murabbiy talabi asosiyda yangi futbolchilar bilan to‘ldiriladi.

Transferlar haqida gapiradigan bo‘lsam, Oston O‘runov va Aleksandr Kokorinning taklif etilishini o‘zini oqlamadi, - dedi Anatoliy Bishovets.

Yozda "Ufa"dan "Spartak"ga 1,5 million evro evaziga transfer qilingan Oston O‘runov premer-liga va Rossiya kubogida jami sakkiz marta maydonga tushib, bitta gol urdi. Ayni paytda o‘zbekistonlik legionerni "Rubin" va "Ufa" kabi jamoalar ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!