Mashhur futbolchi “Yuventus”dan jamoaga go‘zal sevgilisini ishga olishni so‘radi

  • 23 iyun, 2024, 11:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Aston Villa” yarim himoyachisi Duglas Luis yozgi transferlar mavsumida “Yuventus”ga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

Tecno

26 yoshli braziliyalik futbolchi Turin klubi rahbariyatidan o‘z sevgilisi Alisha Lemann bilan ham shartnoma tuzishni so‘radi.

Alisha “Aston Villa”ning xotin-qizlar jamoasida to‘p tepadi. Shveytsariyalik qiz dunyoning eng chiroyli futbolchilaridan biri sifatida e’tirof etilgan.

Duglas Luisning o‘zi 2019 yildan beri “Aston Villa” sharafini  himya qilib kelmoqda. Tajribali yarim himoyachi shu paytga qadar klubda 204 ta uchrashuvda qatnashib, 22 ta gol va 24 ta assist muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt portali braziliyalik charm to‘p ustasini 70 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!