Mashhur futbolchi murabbiyga qo‘l ko‘tardi

  • 25 oktabr, 2023, 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z davrida PSJ, “Liverpul” va “Kristal Pelas” kabi klublardagi o‘yinlari bilan mashhur bo‘lgan Mamadu Sako bir necha yildan beri Frantsiya chempionatida “Monpele” sharafini himoya qilmoqda.

Tecno

Get Football News France nashrining ma’lum qilishicha, 33 yoshli futbolchi mashg‘ulot chog‘ida bosh murabbiy Mishel Ter-Zakaryan bilan urishib qolgan.

Manbaga ko‘ra, voqea mashg‘ulot chog‘ida ikkitomonlama o‘yinda ro‘y bergan. Bosh murabbiy  futbolchining harakatlariga e’tiroz bildirib, uni urishib berdi. O‘ziga bo‘lgan bu munosabatni ko‘tara olmagan Mamadu Mishel Ter-Zakaryanni itarib yuboradi va u yiqilib tushadi.

Endi Mamadu Sakoning jamoa tarkibiga kirishi yanada qiyinlashadigan ko‘rinadi. Tajribali futbolchi bu mavsum Frantsiya chempionatida bir marta maydonga tushib, atigi olti daqiqa o‘ynagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!