
Masharipov bugun Osiyoning eng yaxshilariga qarshi o‘ynaydi
Bugun Saudiya Arabistoni chempionatida qoldirilgan 8-tur o‘yini bo‘lib o‘tadi.
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" klubi safarda OChLning amaldagi chempioni "Al-Hilol" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:15da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, 13-turdan so‘ng bitta o‘yin kam o‘tkazgan "Al-Nassr" 17 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda, ikkita kam uchrashuv o‘tkazgan "Al-Hilol" hisobida esa 21 ochko mavjud. Leonardu Jardim shogirdlari ayni damda 4-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar