
«Mash’al» Xorazmda o‘z akdemiyasini ochdi
O‘zbek futboliga son sanoqsiz futbolchilar-u yulduzlarni kashf etib bergan «Mash’al» Futbol akademiyasi endi Xorazmda ham faoliyat yuritadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmodqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra kechadan boshlab Urganch shahrida «Mash’al» futbol klubi akademiyasi filiali ish boshladi.
Ta’kidlab o‘tish joizki «Mash’al» PFK Muborakdagi akademiyasi o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan edi. Yaqin kunlar ichida Muborakdagi mazkur akamiya yana o‘z faoliyatini yuritadi. Jamoamiz rahbari Ilxom Qurbonov bu borada o‘z fikrlarni bildirib o‘tdi.
«Mash’al» jamoamiz o‘z oldiga bu yil kuchlilar safiga qaytish maqsadini qo‘ygan. Shu sabab biz bir muddat Muborakdagi akademiyani to‘xtatishga qaror qilgan edik. Yaqin kunlar ichida biz yana barcha yo‘nalishlarimiz bo‘ylab faoliyatimizni davom ettiramiz. Mana bugun «Xorazm»da ham jamoamiz akademiyasini ochdik. O‘ylaymizki bu o‘zbek futboli uchun oldinga tashlangan katta qadam»- deya ta’kilaydi klub ijrochi direktor Ilxom Qurbonov.
E’tiborli tomoni shundaki Muborakdagi akademiya yana faoliyat yuritadi. Bu esa barchani birdek quvontiradi, shunday ekan Xorazmdan ham, Eldor Shomurodov, Otabek Shukurov, Fozil Musaev, Farrux Sayfiev, Sanjar Quvvatov, Eldorbek Suyunov kabi yulduzlar etishib chiqishiga tilakdoshmiz.
Fikrlar