
Marushich vodiy tomon yo‘l oldi
O‘tgan mavsumni "Nasaf" safida o‘tkazgan tajribali hujumchi Zoran Marushich faoliyatini "Neftchi" klubida davom ettiradi. Bu haqda "yo‘lbarslar" matbuot xizmati xabar berdi.
Yakuniga etgan mavsumda gruziyalik futbolchi "ajdarlar" safida 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U O‘zbekistondagi faoliyatini "Navbahor"da boshlagan hujumchi debyut mavsumida 11 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Bundan tashqari, Marushich Serbiya, Bosniya, Belarus hamda Gruziya kabi mamlakat chempionatlarida to‘p tepgan.
Fikrlar