
"Marsel" "Arsenal" futbolchisini ijaraga oldi
Frantsiyalik yarim himoyachi Matteo Genduzi faoliyatini o‘z vatanida davom ettiradigan bo‘ldi. Aniqrog‘i, 22 yoshli futbolchi "Marsel" safiga qo‘shildi.
Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, Marselliklar Genduzini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan.
Frantsuz klubi "Arsenal"ga futbolchining ijarasi uchun 1 million evro to‘laydi va agar “Marsel” Genduzini to‘liq sotib olishga qaror qilsa, “kanonirlar”ga qo‘shimcha 10 million to‘lashi kerak.
Genduzi o‘tgan mavsumni "Gerta" klubida ijarada o‘tkazdi. U berlinliklar safida 24 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar