
Markos Roxo: Sulsher meni avvalgi darajamga qaytishimni xohlaydi
"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Markos Roxo “Old Trafford”dagi faoliyatini davom ettirmoqchiligini bildirdi.
“Men “Manchester Yunayted”da qolishni xohlardim. Sulsher bilan ham gaplashdim va u ham meni tarkibda olib qolmoqchi. U meni xuddi avvalgi darajamga qaytishimni xohlaydi. Hozir oilam bilan dam olishim uchun vaqtim bor, keyinroq esa yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun Angliyaga yo‘l olaman”, - deydi argentinalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Roxo o‘tgan mavsum MYu safida bor yo‘g‘i 8ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar