Mareska: "Har kuni futbolchilarga o‘rganish va rivojlanish kerakligini aytaman"

  • 29 oktabr, 16:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska jamoaning joriy mavsumdagi qiyinchiliklari haqida fikr bildirdi.

Tecno

Angliya Premer-ligasining 9-turidan so‘ng "aristokratlar" jadvalning 9-pog‘onasida joylashgan. Yaqinda londonliklar o‘z maydonida "Sanderlend"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

"Biz o‘rganishimiz, rivojlanishimiz kerak. Bu haqda har kuni futbolchilarga aytaman. Hozir raqiblar bizga boshqacharoq o‘yin uslubida qarshi chiqmoqda, ehtimol, bu o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatlarimiz bilan bog‘liqdir", — dedi Mareska.

Bugun "Chelsi" Angliya Liga kubogi doirasida safarda "Vulverxempton"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!