Maradona Ronaldinoni katta futbolga qaytarmoqchi

  • 27 iyun, 2020, 14:24
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Afsonaviy futbolchi Ronaldino futbolchilik faoliyatini tiklashi mumkin.

Marca nashri xabariga ko‘ra, "Ximnasiya" bosh murabbiyi Diego Maradona braziliyalik "afsungar"ni maydonga qaytarishga urinib ko‘rmoqchi. 59 yoshli mutaxassis Ronaldinoni o‘z jamoasiga olib kelmoqchi.

Sobiq forvardning o‘zi ham faoliyatini tiklash haqida o‘ylab ko‘rmoqda, biroq tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlanganicha yo‘q.

2016 yilda ham Ronaldino "Ximnasiya" klubiga o‘tish imkoniyati bo‘lgan, biroq futbolchining akasi ushbu kelishuvga rozi bo‘lmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, braziyalik forvard va uning akasi Asunson aeroportida qalbaki pasport bilan qo‘lga tushgan va 9 aprel kuni 1,6 million dollar garov evaziga ozodlikka chiqarilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!