Maradona kasalxonaga yotqizildi

  • 3 noyabr, 2020, 15:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinalik afsonaviy futbolchi Diego Maradona kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Goal.com xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 60 yoshli futbol yulduzini La-Plata shahridagi shifoxonaga olib kelishgan. Ammo bunga nima sabab bo‘lgani noma’lum.

Maradonaning shaxsiy shifokori esa quyidagi fikrlarni bildirdi.

“Kasalxonaga kelishni uning o‘zi xohladi. Hozircha, uning hayotiga xavf soladigan hech narsa yo‘q. Diego sog‘ligini barqarorlashtirish uchun kasalxonaga yotdi. Tez orada uning ahvoli ancha yaxshilanadi”, - dedi shifokor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!