Maradona: Argentinada mashg‘ulot o‘tkazish men uchun sharaf bo‘lardi

  • 4 sentabr, 2019, 12:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Diego Maradona Argentinaning "Ximnaziya" klubini boshqarishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Men shuni aniq aytmoqchimanki, Argentina klublaridan biron bir taklifni qabul qilmaganman yoki rad etmaganman. Hech kim bilan rasmiy aloqa o‘rnatilmagan.

Men soppa-sog‘man va o‘z yurtimda shug‘ullanish men uchun sharaf bo‘lardi. Menga yangi chaqiruvlar yoqadi," - dedi Maradona.

Eslatib o‘tamiz, 58 yoshli mutahassisning so‘nggi ish joyi Meksika ikkinchi divizioni klubi "Dorados" edi. U iyun oyida elkasiga va tizzasiga qilingan operatsiya tufayli ish joyini tark etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!