
Maqsadiga etolmagan MYu futbolchisi so‘nggi chorani qo‘lladi
2020 yilning yozida “Manchester Yunayted”ga olib kelingan niderlandiyalik pleymeyker Donni van de Bek juda kam o‘ynayapti.
O‘z vaqtida “Ayaks” etakchisi bo‘lgan iste’dodli o‘yinchini manchesterliklar bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher zaxirada ushlab turibdi. Bundan tashqari, norvegiyalik mutaxassis futbolchining ketishiga ham izn bermayapti.
Donni van de Bek o‘ziga yangi ish joyi topish masalasini hal qila olmagan agenti Gvido Albers bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Endi bu futbolchiga Ali Dursun agentlik qiladi. Bu mutaxassis “Barselona” vakili Frenki de Yong manfaatlarini ham himoya qilmoqda.
Donni van de Bekning rejasiga ko‘ra, Ali Dursun mavsum oxirigacha unga munosib jamoa topib berishi va manchesterliklarni futbolchini qo‘yib yuborishga ko‘ndirishi kerak.
Hozircha niderlandiyalik yarim himoyachiga “Yuventus”, “Everton” va “Nyukasl”dan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda.
Fikrlar