Manening o‘rnini shu futbolchi egallaydi
"Liverpul" jamoasi "Chelsi" vingeri Kristian Pulishiga qiziqish bildirmoqda.
"Sport Bild" nashri jurnalisti Kristian Falkning xabar berishicha, 23 yoshli futbolchini mersisaydliklar "Bavariya"ga o‘tishi kutilayotgan Sado Manega o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Joriy mavsum amerikalik o‘yinchi jami 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol hamda 4 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Uning "aristokratlar" shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.



Fikrlar