Mane "Real"ga qarshi o‘yindan so‘ng muhim xabarni aytadi

  • 26 may, 2022, 06:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" vingeri Sadio Mane "Bavariya"ga o‘tishi borasida gapirdi. 

"Menimcha, bu juda yaxshi savol. Biroq hozir javob berish men uchun qiyin. Albatta, bor e’tiborimni Chempionlar ligasi finaliga qaratganman. 

O‘yindan so‘ng so‘rang, javob beraman", - dedi senegallik futbolchi mashg‘ulotlar paytida berilgan savolga. 

Avvalroq, futbolchi Myunxen klubiga 50 million evro evaziga borib qo‘shilishi haqida xabarlar chiqayotgandi. 

Eslatib o‘tamiz, "Real" hamda "Liverpul" jamoalari o‘rtasidagi final bahsi 28 may kuni Parijdagi "Park de Prens" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!