Manchini nega Balotellini Italiya terma jamoasiga chaqirganini aytdi

  • 26 yanvar, 2022, 21:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini nega “Adana Demirspor” hujumchisi Mario Balotellini terma jamoaga chaqirganini izohladi. Aytish kerakki, u Italiya terma jamoasidan uch yildan beri chaqiruv olmagan edi.

“Balotelli har doim ajoyib texnikani namoyish etgan, asosiysi uning jismoniy holatini ko‘rish. So‘nggi paytlarda biz buni ko‘rmay qoldik, shuning uchun uni bir necha kun davomida yaqindan ko‘rish yanada foydaliroq bo‘lishi mumkin. Ma’lum vaqt o‘tgach, uning o‘zini qanday tutishi bizni qiziqtiradi va buni ko‘rishning eng yaxshi usuli bu mashg‘ulotlardir.

Biz unga hech qanday va’da bermaganimizdek, u bizga hech narsa va’da qilishi shart emas. O‘ylaymanki, u baxtli va men ham unga hamma kabi baho beraman, xolos”, - dedi italiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!