Manchesterliklarning yangi yulduzi “rasvo” bo‘lishi mumkin

  • 14 sentabr, 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bir necha yillardan beri muntazam ko‘p gol ura oladigan hujumchi topa olmayapti. Klub ana shu maqsadi yo‘lida bir necha qimmatbaho transferlarni amalga oshirdi. Biroq natija kutilganidek bo‘lmadi.

Tecno

Yozgi transferlar davrida Ruben Amorim asosiy to‘purar roliga Benyamin Sheshkoni olib keldi. Klubning sobiq yarim himoyachisi Nikki Batt bu o‘yinchi ham ishonchni oqlashi qiyin ekanini ta’kidladi.

Ta’kilash joizki, bundan oldin 73,6 million funtga xarid qilingan yosh hujumchi Rasmus Xyoylund ham ikki yil davomida o‘zini ko‘rsata olmay, kerakmas futbolchiga aylanib qolgandi. Manchesterliklar uni “Napoli”ga jo‘natib yubordi.

- Sheshkoga vaqt kerak. Xyoylund ham vaqt va e’tibor etishmasligi sababli o‘zini va joyini yo‘qotib qo‘ydi. Rasmus klubga kelganida yosh edi, unga yordam beradigan birorta tajribali hujumchi topilmadi. Tarix endi Sheshkoda takrorlanmoqda.

Bu xatolar takrorlanmasligini istardim. Chunki Benyamin ham hali yosh va Premer-ligada o‘ynash tajribasi yo‘q. Men “Manchester Yunayted”ga Olli Uotkins yoki ligani yaxshi biladigan va yoshlarga yordam berishi  mumkin bo‘lgan boshqa hujumchi olishni tavsiya qilgan bo‘lardim.

Sheshkodan kelishi bilan gollarni qalashtirib tashlashini kutmaslik kerak. Garchi hamma shuni istayotgan bo‘lsa-da, yosh va tajribasiz o‘yinchini yangi klubga kelishi bilan o‘zini ko‘rsatishi qiyin masala, - dedi Nikka Batt.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!