
Manchesterliklarga jamoani qutqaradigan murabbiy topib berishdi
“Arsenal” klubi hamda Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Martin Kioun mavsumni barbod qilgan “Manchester Yunayted” boshqa bosh murabbiyi taklif qilishi kerakligini ta’kidladi.
- Mavsum davomidagi mag‘lubiyatlar sonidan kelib chiqib, men “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi jamoaga mosligiga shubha qilyapman.
Ular Yurgen Kloppni taklif qilishi kerak. Shov-shuv ko‘tarmoqchi emasman, lekin Klopp bu jamoada aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirgan bo‘lardi.
“Manchester Yunayted”ga hozirgi bosh murabbiyga nisbatan juda katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis kerak. Shu bois, Kloppni taklif qilishsa, nima bo‘ladi?, - dedi Martin Kioun.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan yili yozda “Liverpul”dagi uzoq muddatli faoliyatini yakunlagan Yurgen Klopp kelajakda hech qachon Angliyaning boshqa jamoalarini boshqarmasligini aytgan edi.
Fikrlar