
Manchesterliklar “Jirona”ning eng zo‘r o‘yinchisini oladi
“Manchester Yunayted” tarkibni Ispaniya chempionati kashfiyotiga aylangan “Jirona” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Migel Guterres yordamida kuchaytirmoqchi.
The Sun nashriga ko‘ra, manchesterlik skautlar “Jirona”ning o‘yiniga bir necha marotaba kelib, 22 yoshli futbolchining o‘yinini bevosita stadiondan kuzatgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Yunayted” mutasaddilari iste’dodli futbolchini yanvar oyining o‘zida transfer qilishni rejalashtimoqda. Guterres yaqinda “Tottenxem”ga qaytarib yuborilgan Serxio Regilonning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Chap qanotda ishonchli o‘ynatgan ispan futbolchining “Jirona” bilan transferi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan. Uning transfer narxi 20 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar