Manchesterliklar endi raqibdan pul olib o‘ynamoqchi

  • 15 sentabr, 07:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa kuboklarida ishtirok etish imkoniyatidan bebahri qolgan “Manchester Yunayted” rahbariyati qo‘shicha daromad olish usullarini qidirmoqda.

Tecno

The Sun nashrining yozishicha, manchesterliklar o‘yinlar jadvalidagi bo‘sh vaqtlardan unumli foydalanib, ma’lum miqdordagi to‘lov evaziga Evrokuboklarga chiqa olmagan bir necha jamoalar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazish bo‘yicha muzokara boshlagan.

Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati “Milan”, “Latsio”, “Leyptsig” va “Sevilya” bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

“Manchester Yunayted” o‘rtoqlik o‘yinlarini Angliyadan tashqarida, masalan, Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etish g‘oyasini ilgari suryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!