Manchesterdan xushxabar!

  • 29 mart, 2021, 16:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

25-28 mart kunlari Angliyaning Manchester shahrida navbatdagi Jahon kubogi o‘z nihoyasiga etdi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Musobaqaning so‘nggi kunida jamoaviy bellashuvlar o‘tkazildi. Quvonarlisi, O‘zbekiston para puerlifting terma jamoasi hammadan yaxshi natija qayd etib, 1-o‘rinni egalladi va maxsus kubokni qo‘lga kiritdi. Sportchilarimizdan keyingi 2- va 3-o‘rinlar Ukraina hamda Fratsniya terma jamoasiga nasib etdi.

Jamoaviy bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilgan Ro‘za Qo‘zieva 107 kg, Nuriddin Davlatov 204 kg va Farhod Umrzoqov 190 kg og‘irlikni bo‘ysundirdi.

“Avvalambor, bizga shunday sharoitlar, imkoniyatlar yaratib bergani uchun Prezidentimizga o‘zim va sportchilar nomidan minnatdorlik bildirmoqchiman. Bundan tashqari, ushbu g‘alabamizda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda Paralimpiya assotsiatsiyasining ham mehnatlari beqiyos. Nasib qilsa, Tokioda bo‘ladigan Paralimpiya o‘yinlarida ham mana shunday yorqin g‘alabalar bilan barchani xursand qilamiz”, – dedi O‘zbekiston para pauerlifting terma jamoasi bosh murabbiyi Fazliddin Umrzaqov.

Eslatib o‘tamiz, sportchilarimiz dunyoning 20 ta mamlakati ishtirok etgan Jahon kubogida umumjamoa hisobida 3 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan 2-o‘rinni egalladi.

Jahon kubogida sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz:

1.Ro‘za Qo‘zieva – bronza

2.Iskandar Tursunboev – oltin

3.Farhod Umrzoqov – oltin

4.Nuriddin Davlatov – oltin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!