
Manchester Yunayted"ning yozdagi niyati ma’lum
Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi "Borussiya" Dortmund klubi futbolchisi Jud Bellingemni sotib olmoqchi.
"The Telegraph" nashrining xabar berishicha, yarim himoyachi MYu ning yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadiga aylangan. Jamoa utozi Erik ten Xag Bellingemni yaqin yillar ichida jahon futbolining asosiy yulduzlaridan biriga aylanishiga ishonadi.
Bundan tashqari, "Liverul", "Manchester Siti" va Madridning "Real" jamoalari ham 19 yoshli xavbek transferiga qiziqish bildirmoqda.
Jud joriy mavsumda "Borussiya" safida barcha turnirlar doirasida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z nomiga 9 ta gol va 3 ta golli o‘zatma yozdirib qo‘ydi. Shu bilan birga Qatardagi jahon chempionatida Angliya terma jamoasi tarkibida 5 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta assist muallifiga aylandi.
Fikrlar