
"Manchester Yunayted"ning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi
"Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onana jamoaning o‘tgan sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda ingliz klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘tgan oy Onana “Manchester Yunayted” safida Premer-liga va Evropa ligasida beshta o‘yinda maydonga tushdi. Kamerunlik posbon ushbu uchrashuvlarda o‘z darvozasidan ettita gol o‘tkazib yubordi (0:3, 3:0, 0:0, 1:1, 0:3) va ikkita o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Bugun “qizil iblislar” UEFA Evropa ligasining 2-turi doirasida safarda “Portu”ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.
Fikrlar