
"Manchester Yunayted"ning 3 nafar etakchisi "Bornmut"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher “Chelsi”ga (2:1) qarshi bo‘lib o‘tgan Angliya liga kubogi uchrashuvidan so‘ng jarohat olgan futbolchilarning tiklanish jarayoni haqida ham gapirib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra hujumchi Markus Reshford hamda himoyachilar Viktor Lindelef va Xarri Maguayrlarning ertaga APL 11-turi doirasida “Bornmut”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishlari so‘roq ostida.
Ta’kidlash kerakki, himoyachi Aksel Tuanzebe va yarim himoyachi Nemanya Matich ertangi uchrashuvni aniq o‘tkazib yuborishadi.
Ma’lumot uchun, “Bornmut” – MYu uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadi.
Fikrlar