“Manchester Yunayted”ni qutqarishga bel bog‘lagan murabbiy topildi

  • 24 may, 2024, 21:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati yozda bosh murabbiy masalasini hal qilishi kerak.

Tecno

Erik ten Xag o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan mutaxassislar orasida “Ipsvich”ni qisqa muddatda Premer-liga olib chiqqan Kiran Makkenna nomzodi ham bor edi.

Manchester Evening News nashrining ma’lum qilishicha, bu mutaxassis jamoani qabul qilib olishga tayyorligini bildirgan.

Makkennaga “Chelsi” ham ish taklif qilyapti. “Aristokratlar” yosh murabbiy bilan muzokarani boshlab yuborgan. Biroq Makkenna manchesterliklar bilan ishlash uchun londonliklarni taklifiga ko‘nganicha yo‘q.

Kiran “Manchester Yunayted”ga begona emas. 32 yoshida “Manchester Yunayted”da Joze Mourino shtabidan joy olgandi. Sulsher va Ralf Rangnik bilan ham ishlashga ulgurgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!