“Manchester Yunayted”ga qimmat o‘yinchi keladi

  • 30 sentabr, 2022, 19:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoa tarkibini yanada kuchaytirish borasida bosh qotirmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar yana Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pau Torres nomzodiga qaytdi.

Aslida “Vilyarreal”ning 25 yoshli himoyachisi bir necha mavsumdan beri Evropaning grand klublari nishonida turibdi. Lekin ispan klubi ko‘plab takliflarga qaramay, o‘z etakchisini qo‘yib yuborishga shoshilmayapti.

Pau Torresning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha tuzilgan va u katta ehtimol bilan kelishuvni yangilamaydi. Shu bois, “Vilyarreal” rahbariyati uni kelasi yoz sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

“Manchester Yunayted” ham mavsum tugashi bilan Pau Torres atrofida yuzaga keladigan vaziyatdan foydalanib qolmoqchi.

Pau Torresning transferi 50 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!