“Manchester Yunayted”ga mashhur to‘purar kelyapti

  • 6 yanvar, 2024, 12:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” mutasaddilari jamoaning hujum salohiyatini oshirish maqsadida ko‘p gol ura oladigan forvard olib kelishni rejalashtirgan.

Tecno

Manbalarning ta’kidlashicha, yanvar oyida jamoa “Leyptsig” hujumchisi Timo Verner kelishi kutilyapti. Bu haqda Mirror nashri xabar berdi.

“Leyptsig” xo‘jayinlari agar Vernerning muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini kafolatlaydigan klub bo‘lsa, hujumchining transferiga qarshilik qilmaydi.

27 yoshli Timo Verner joriy mavsumda kam o‘ynayapti. Bundesligada sakkiz marta maydonga tushgan futbolchi o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi xolos.

Verner Angliya chempionatida o‘ynash tajribasiga ega. Timo ikki yil davomida “Chelsi” safida to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!