
"Manchester Yunayted"ga Beyl kerak emas
"Manchester Yunayted" klubi "Real" vingeri Garet Beylni sotib olish fikridan qaytdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 30 yoshli uelslik futbolchining tez-tez jarohat olishi “qizil iblislar” rahbariyatini uni sotib olish fikridan qaytargan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” kelasi yozgi transferlar davrida frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogbani sotib olishga yana bir bor urunib ko‘rishi va buning uchun MYu ga aynan Beyl hamda yana qo‘shimcha 100 mln evro taklif qilmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Beyl joriy mavsum “Real” safida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar