
“Manchester Yunayted”da yangi mojaro
“Manchester Yunayted” anchadan beri avvalgi mavqeiga qayta olmayapti. Bundan roppa-rosa bir yil muqaddam Krishtianu Ronaldu va Erik ten Xag boshchiligidagi murabbiylar shtabi o‘rtasida ziddiyat chiqqandi.
Shu holat yana takrorlanyapti. Bu gal niderlandiyalik murabbiyga Angliya futbolining eng yorqin yulduzi bo‘lishi kutilgan Jeydon Sancho bosh ko‘tardi.
Angliyalik hujumkor futbolchi Manchesterga kelguniga qadar “Borussiya” safida porlayotgan edi. Biroq, “Yunayted”ni tanlab xatoga yo‘l qo‘ygan futbolchi bir necha mavsumdan beri o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.
Yaqinda Erik ten Xag Jeydonni tarkibga qo‘shmadi va uni tanqid qilib o‘tdi.
- Jeydonning mashg‘ulotlaridagi ishtirokini ko‘ri, uni tarkibga qo‘shmadik. “Manchester Yunayted”da har kuni yuqori saviyada ekaniningni isbotlashing kerak, - dedi Erik ten Xag.
Sancho bunga keskin qarshilik bildirdi.
- Men mashg‘ulotlarda o‘zimni juda yaxshi tutdim. Bu masalasining ostida boshqa sabablar bor va men ularni ayta olmayman. Menga nisbatan adolatsizlik qilishyapti. Men qilmoqchi bo‘lgan yagona narsa – xotirjam futbol o‘ynab, jamoa yutuqlariga hissa qo‘shishdan iborat, - dedi Jeydon Sancho.
Fikrlar