
“Manchester Yunayted”da bunaqasi birinchi marta bo‘lmoqda
Angliya Premer-ligasining 36-turida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Vulverxempton”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu natija bosh murabbiy Erik ten Xag uchun rekord ko‘rsatkich bo‘ldi. Niderlandiyalik mutaxassis klub tarixida 20 ta g‘alabaga eng tez erishgan murabbiy sifatida qayd etildi.
Erik ten Xag bosh murabbiy sifatida 35 ta uchrashuvdan 20 tasida jamoasini g‘alabaga erishtira olgan.
Qizig‘i shundaki, “Manchester Yunayted”ning avvalgi rekordi ham niderlandiyalik murabbiy Lui Van galga tegishli edi. 2014-2015 yilgi mavsumda manchesterliklar Lui van Gal qo‘l ostida 36 ta uchrashuvda 20 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan.
“Manchester Yunayted” joriy mavsum yakunida Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga asosiy da’vogarlar biri bo‘lib turibdi.
Fikrlar