"Manchester Yunayted" yangi darvozabon topdi
"Manchester Yunayted" darvoza chizig‘ini mustahkamlash ustida ishlamoqda. "Qizil iblislar" "Malmyo" posboni Melker Elborgga ko‘z tikishmoqda.
Elborgning "Transfermarkt" portalidagi narxi 300 ming evroni tashkil qiladi. Futbolchi "Malmyo"ning asosiy jamoasida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, ettita gol o‘tkazib yuborgan va ettita golli uzatmani amalga oshirgan.
"Manchester Yunayted" 11 ta o‘yindan so‘ng 18 ochko bilan Premer-liga jadvalida ettinchi o‘rinda bormoqda.



Fikrlar