
"Manchester Yunayted" yana bir bor urinib ko‘radi
"Manchester Yunayted" yana bir bor "Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilishni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi, deya yozmoqda "Daily Mail".
Manbaning xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" yosh havbek uchun katta mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi. "Aston Villa" Grilishni 110 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Jek 15ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol urgan va 8ta golga hammualliflik qilgan.
Fikrlar