“Manchester Yunayted” sotiladigan 12 futbolchining narxini e’lon qildi

  • 27 iyun, 2023, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” tarkibida katta tozalash bo‘ladi. Bosh murabbiy Erik ten Xag 12 nafar futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Klub rahbariyati yozgi transferlar uchun niderlandiyalik murabbiyga 120 million funt ajratadi. Qo‘shimcha mablag‘ topish maqsadida ortiqcha o‘yinchilarni transferga qo‘yishga qaror qilindi. 

Daily Mail nashrining ta’kidlashicha, o‘yinchilarni sotib yuborish orqali manchesterliklar g‘aznaga yana 100 million evro atrofida mablag‘ qo‘shadi. Tabiiyki, bir necha oy davomida ularning barchasidan qutilish imkonsiz. Shunday bo‘lsa-da, tarkib ancha bo‘shashi kutilyapti.

Demak, transferga qo‘yilgan futbolchilarning narxi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Jeydon Sancho - 40 million;

Harri Maguayr - 40 million;

Skott MakTominey - 40 million;

Antoni Marsyal - 25 million;

Din Xenderson - 20 million;

Donni van de Bek - 20 million;

Fred - 20 million;

Entoni Elanga - 20 million;

Gannibal Mejbri - 13 million;

Aleks Telles - 10 million;

Brendon Uilyams - 5 million;

Erik Bayi - 2 million.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!