"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi o‘zini proffesional tennisda sinab ko‘radi

  • 22 oktabr, 2024, 13:29
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted", "Atletiko Madrid" va Urugvay milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Diego Forlan Montevideo shahrida tennis bo‘yicha o‘tkaziladigan "Chellenjer" turnirida ishtirok etadi.

Sportchi dunyoning 101-raqamli raketka ustasi Federiko Korya bilan juftlik bahslarida qatnashadi. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Gonsalo Ferreyra ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Turnirning o‘zi 11 noyabr kuni boshlanishi reja qilingan. Aksar tennis ihlosmandlari bu turnirni aynan Forlan uchun ham tomosha qilgani kelishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!