"Manchester Yunayted": Shu ikkisi qoladi!

  • 25 iyul, 2022, 23:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted”ni boshqarayotgan Erik ten Xag avvalgi bosh murabbiylar ishonch bildirmagan ikki o‘yinchiga imkon berishga qaror qildi.

Markus Reshford o‘tgan mavsum asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan edi. Donni van de Bek Manchesterga kelganidan beri o‘z joyini topa olgani yo‘q. O‘tgan yili niderlandiyalik futbolchi “Everton”ga ijaraga jo‘natilgandi.

Erik ten Xag yangi mavsumda har ikkisini o‘ynatadigan bo‘ldi. Donni van de Bek faoliyati davomida 310 marotaba maydonga tushib, 69 ta gol va 57 ta assist muallifi bo‘lgan.

Manchesterliklar tarbiyalanuvchisi hisoblangan Reshford esa 316 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 98 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 57 ta golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!