"Manchester Yunayted" Ronaldu o‘rniga ideal nomzod topdi

  • 24 noyabr, 2022, 19:59
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda "Manchester Yunayted" Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani bekor qilganini e’lon qildi. “Qizil iblislar”ning portugaliyalik hujumchi bilan xayrlashuvi unchalik yoqimli bo‘lmadi. Boisi, bir necha kunlar avval Ronaldu shov-shuvli intervyu berib, unda klubdagi kamchiliklarni ochib tashladi.

Tecno

Shu sabab, "Manchester Yunayted" hujumchi bilan shartnomani bekor qildi. Endi klub yangi hujumchi izlamoqda. "Fichajes" nashri xabariga ko‘ra, klub yulduz Xarri Keynni Krishtianu Ronalduning o‘rniga ideal nomzod sifatida ko‘rmoqda. Ta’kidlanishicha, "qizil iblislar" Keynni qishda o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Xarri Keyn avvalroq o‘z faoliyatida yangi sahifa ochish niyatida ekani haqida gapirgan edi, ammo "Tottenxem" rahbariyatini qo‘yib yuboradigan holatda emas. Keynning "shporlar" bilan shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. "Manchester Yunayted" ayni payt London klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!