“Manchester Yunayted” Reshfordni hali nomi chiqmagan yosh o‘yinchiga alishtirib yuboradi

  • 22 fevral, 07:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” qishki transferlar vaqtida “Aston Villa”ga ijaraga yuborilgan Markus Reshforddan to‘liq qutilish yo‘llarini qidirmoqda.

Tecno

Caught Offside nashrining yozishicha, manchesterliklar 27 yoshli hujumchini “Bavariya”da o‘ynayotgan 20 yoshli tayanch yarim himoyachi Aleksandar Pavlovichga alishtirishni rejalashtirmoqda.

“Manchester Yunayted” mutasaddilari Pavlovichni yaqin kelajakda uning atrofida jangovar jamoa shakllantirish imkoniyati yuqori bo‘lgan o‘yinchi sifatida qabul qilyapti. Agar “Bavariya” bu rokirovkaga rozilik beradigan bo‘lsa, myunxenliklar muayyan miqdooda qo‘shimcha mablag‘ ham to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Markus Reshfordning o‘zi jamoani Ruben Amorim qabul qilib olganidan keyin klubni tark etishga majbur bo‘ldi. Angliyalik futbolchi yanvarda “Barselona”ga o‘tishni istagan edi. Biroq kataloniyaliklar uni olib kelish yo‘lini topa olmagani uchun hujumchi mavsum oxirigacha “Aston Villa”da o‘ynab turishga ko‘ndi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!