
"Manchester Yunayted" Reshford o‘rniga Islomni olib kelmoqchi
“Manchester Yunayted” klubi jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqqan hujumchi Markus Reshford o‘rniga yaxshi hujumchi qidirmoqda.
Sky Sports nashrining yozishicha “qizil iblislar”ning bu boradagi e’tibori “Lester” forvardi Islom Slimani hamda “Shanxay Shenxua” hujumchisi Odion Igalolarning nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shifokorlar Reshford kamida 3 oy maydonga tusholmasligini ma’lum qilishgan.
Ma’lumot uchun, Slimani joriy mavsumni “Monako”da ijarada o‘tkazmoqda. U hozircha Frantsiya chempionatida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Igalo esa o‘tgan mavsum Xitoy chempionatida 17 ta o‘yinda 10 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar