"Manchester Yunayted" qishda ikki pozitsiyaga yangi futbolchilarni jalb qilmoqchi

  • 12 oktabr, 12:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish uchun yangi transferlar ustida ish boshladi.

Tecno

"TBR Football" nashrining xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" qishki transferlar oynasida ikki pozitsiyaga futbolchi olishni rejalashtirmoqda — yangi o‘ng qanot himoyachisi va markaziy yarim himoyachi.

Klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorimga ishonchi komil va unga kerakli futbolchilarni olib kelib bergan holda yordam bermoqchi.

Angliya Premer-ligasining ettinchi turidan so‘ng "Yunayted" 10 ochko jamg‘arib, jadvalda 10-o‘rinni egallab turibdi. Amorim shogirdlari peshqadam "Arsenal"dan 6 ochkoga orqada.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!