
“Manchester Yunayted” qishda 4ta katta transferga qo‘l uradi
“Manchester Yunayted” rahbariyati qishki transferlar vaqtida tarkibni jiddiy kuchaytiradigan bo‘ldi.
Manchester Evening News nashri ma’lumotiga qaraganda, yanvarda klub ikkita himoyachi, bittadan markaziy yarim himoyachi va forvard transfer qiladi.
Erik ten Xag klub rahbariyatiga qaysi futbolchilarni o‘z jamoasida ko‘rishni istayotganini aytgan. Unga ko‘ra, ro‘yxatga Jeremi Frimpong, Edmond Tapsoba, Per-Emil Xyoyberg va Evan Fergyuson kiritildi.
“Manchester Yunayted” joriy mavsumni kutilganidek muvaffaqiyatli boshlay olmadi. Manchesterliklar dastlabki to‘rtta uchrashuvdan ikkitasida mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar