“Manchester Yunayted” qidirgan hujumchisini topdi

  • 24 avgust, 2022, 09:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning 28 yoshli hujumchisi Memfis Depay faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin.

Tecno

 Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi niderlandiyalik hujumchi bilan xayrlashishga qaror qilgan edi. Depayga “Yuventus” asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilayotgandi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, turinliklar tanlofini o‘zgartirib, “Marsel”dan Arkadiush Milikni olishni rejalashtirmoqda.

Depayga “Manchester Yunayted” e’tibor qaratdi. Manchesterliklar tajribali hujumchi uchun “Barselona”ga 10 million evro taklif qilyapti.

Depay ilgari bu jamoada o‘ynagan. “Yunayted” 2015 yili PSVdan iste’dodli hujumchini 34 million evroga transfer qilib, keyinchalik asosiy tarkibga kira olmay qolgan Depayni yarim narxiga “Lion”ga qo‘yib yuborgan edi.

O‘shanday Memfis “Manchester Yunayted safida jami 53 marotaba maydonga tushib, ettita gol va oltita assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!