
"Manchester Yunayted" Pogba bilan shartnomani 2024 yilgacha uzaytirmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Pol Pogba bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 26 yoshli frantsiyalik futbolchi faoliyatini “Real”da davom ettirmoqchi ekanligi va bu borada xatto jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan ham kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq, mankuanliklar Pogbani qo‘yib yubormoqchi emas va unga 2024 yilga qadar tuzilgan yangi shartnoma taklif qilishmoqchi. Futbolchi esa o‘z navbatida “Old Trafford”da qolish evaziga haftasiga 500 ming evro maosh talab qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Pogba joriy mavsum MYu safida 39ta o‘yinda maydonga tushdi va 14ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar