
"Manchester Yunayted" Onana o‘rniga EChLda gol urgan darvozabonni olib kelmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi yangi darvozabon sotib olishni rejalashtirmoqda. Rahbariyat klubning hozirgi posboni Andre Onananing o‘yinlaridan qoniqish hosil qilmayapti.
"Il Messaggero" nashrining xabar berishicha, "qizil iblislar" "Latsio" darvozaboni Ivan Provedelni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Rimliklar esa uni 30 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Ma’lumot o‘rnida, Provedel Evropa chempionlar ligasi doirasida "Atletiko"ga qarshi o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. U o‘yinning so‘nggi daqiqalarida burchak zarbasidan uzatib berilgan to‘pni boshi bilan Yan Oblak qo‘riqlayotgan darvozaga kiritib, jamoasining 1:1 hisobida durang o‘ynashiga ulkan hissa qo‘shgan edi.
Fikrlar