
“Manchester Yunayted” jazolagan yulduzni raqib jamoa olib qo‘ymoqchi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordda faoliyatini “Arsenal”da davom ettirish imkoniyati paydo bo‘ldi.
“Kanonirlar” bosh murabbiyi Mikel Arteta 26 yoshli futbolchini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Londonlik mashhur forvardni joriy mavsum yakunlanishi bilan safga qo‘shib olishni rejalashtirgan.
Football Insider nashrining ma’lum qilishicha, Markusning tartib-intizomni buzgani uning “Manchester Yunayted”dagi faoliyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Klub rahbariyati muhim o‘yin oldidan tungi klubga borib, mashg‘ulotlarga kelmagan Reshfordni jazolash maqsadida unga katta miqdorda jarima solgan edi. Reshford bu qilig‘i uchun 764 ming evro to‘lagan.
Fikrlar